Live
9
O'zbek

Angliya milliy jamoasi sobiq hujumchisi: «Eng ajablanarlisi, hozir Trent ularga har qachongidan ham ko‘proq kerak»

Futbol
8 avgust, 12:45
Sobiq hujumchi Gabriel Agbonlahor «Liverpul»ni himoyachini qaytarishga chaqirdi.
Angliya milliy jamoasi sobiq hujumchisi: «Eng ajablanarlisi, hozir Trent ularga har qachongidan ham ko‘proq kerak»
Foto: Getty Images

Angliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Gabriel Agbonlahor «Liverpul»ni «Real»dan himoyachi Trent Aleksandr-Arnoldni qaytarishga chaqirdi. Futbolchi o‘tgan yozda mersisaydliklar bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortib, Madridga yo‘l olgandi.

«Eng ajablanarlisi, hozir «Liverpul»ga qarasangiz, u ularga kerak. Trent ularga har qachongidan ham ko‘proq kerak. Men uning qaytishini olqishlar bilan qarshi olgan bo‘lardim, chunki o‘ng qanot himoyachisi pozitsiyasida variantlar juda kam. Hamma oldinga intilishi kerak.

O‘ylaymanki, agar «Liverpul» hozirgi vaziyatdan qat’i nazar, bir mavsum uchun 12 million yevrogacha bo‘lgan bir yillik ijara shartnomasini kelishib olsa, men bu yigitni qaytarish imkoniyatini qo‘ldan boy bermasdim» - deya Agbonlahorning so‘zlaridan iqtibos keltiradi AS nashri.

Bugungi yangiliklar