Live
5
O'zbek

«Inter» nazorat o‘yinida «Yuventus»ni, «Chelsi» esa «Milan»ni mag‘lubiyatga uchratdi

Futbol
8 avgust, 12:14
Yevropa klublari yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
«Inter» nazorat o‘yinida «Yuventus»ni, «Chelsi» esa «Milan»ni mag‘lubiyatga uchratdi
Foto: Getty Images

Italiya grandlarining o‘rtoqlik bahsida amaldagi chempion Milanning «Inter» klubi Turinning «Yuventus» jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. 20-daqiqada Dimarko hisobni ochgan bo‘lsa, 62-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Andi Diuf oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi.

O‘yinning asosiy vaqti yakunlanishiga 5 daqiqa qolganida Fransishku Konseysau bitta javob to‘pini kiritdi.

«Yuventus» — «Inter» — 1:2
Gollar
: Konseysau, 85 — Dimarko, 20, Diuf, 62

«Yuventus»— Di Gregorio, Liam Kelli, Gleyson Bremer (Daniele Rugani 65’), Kalulu Per (Konseysau Fransishku 47’), Kambyaso Andrea (Boga Jeremi 77’), Duglas Luis (Kolo-Muani Randal 46’), Lokatelli Manuel (Miretti Fabio 65’), Makkenni Ueston (Melo Artur 65’), Yildiz Kenan (Kopmeyners Tën 46’), Jegrova Edon (Kabal Xuan 47’), Devid Jonatan 46’ (Alaybegovich Kerim 46’)

«Inter» — Ivan Provedel (Martines Xosep 64’), Alessandro Bastoni (Diuf Andi 57’), Pavar Benjamen (Matteo Lavelli 64’), Nikolo Barella (Aleksandar Stankovich 57’), Bovo Leonardo, Xoqon Chalhono‘g‘li (Augusto Karlos 46’), Federiko Dimarko (Pyotr Zelinski 46’), Luis Enrike, Genrix Mxitaryan (Davide Frattezi 57’), Bonni Anj-Yoan (Iddrissu Jamol 58’), Franchesko Espozito (Lavelli 64).

Italiyaning boshqa bir top klubi «Milan» APL vakili «Chelsi» bilan ro‘baro‘ keldi. Londonliklar raqibga umuman imkon qoldirmadi va yirik hisobdagi g‘alabani tantana qildi.

«Aristokratlar» safida mundialga olib ketilmagani ancha shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Joao Pedro dubl rasmiylashtirgan bo‘lsa, uchinchi golga yarimhimoyachi Moyses Kaysedo mualliflik qildi.

«Chelsi» — «Milan» 3:0
Gollar:
Joao Pedro (45; 46), Moyses Kaysedo (50)

«Chelsi» — Sanches Richard, Fofana Uesli (Sarr Mamadu-Nabi 90’), Achimpong Djosh, Xato Yorrel (Anselmino Aaron 79’), Laviya Romeo, Pedro Joao (Estevao 85’), Palestra Marko, Kaysedo Moyses (Uolsh Reggi 85’), Netu Pedru (Jekson Nikolas 58’), Palmer Koul (Mixailo Mudrik 85’), Uelbek Danni (Kenda Jeovani 58’).

«Milan» — Torriani Lorenso, Terrachchano Filippo (Richchi Samuele 59’), De Vinter Koni, Pavlovich Straxinya, (Bartezagi Davide 47’), Chukvueze Samu (Ramush Gonsalu 47’), Luka Modrich (Kristofer Nkunku 46’), Komotto Kristian (Matteo Gabbiya 46’), Pervis Estupinyan (Musa Yunus 46’), Loftus-Chik Ruben (Valeri Vladimirov 59’), Rafael Leau (Ardon Yashari 46’), Franchesko Kamarda (Aleksis Salemakers 47’).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Milan Milan
  • Yuventus Yuventus
  • Inter Inter
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar