Live
8
O'zbek

"Inter" sobiq forvardi Korrea vataniga qaytdi

Futbol
8 avgust, 10:25
31 yoshli futbolchi faoliyatini o'zi tarbiyalangan klubda davom ettiradi.
"Inter" sobiq forvardi Korrea vataniga qaytdi
Foto: Estudiantes

"Inter"ning sobiq hujumchisi Xoakin Korrea "Botafogo"dan "Estudiantes"ga o‘tdi.

Argentinalik 31 yoshli futbolchi o‘zi tarbiya topgan klub bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Hujumchi "Estudiantes" asosiy jamoasidagi debyutini 2012 yilda o‘tkazgan va klub safida uch mavsum harakat qilgan.

Korrea Yevropada "Sevilya", "Latsio", "Inter", "Marsel" va "Sampdoriya" klublarida o‘ynagan. U "Latsio" tarkibida Italiya kubogi va superkubogida g‘olib chiqqan bo‘lsa, "Inter" safida ikki martadan Italiya kubogi va Italiya superkubogini qo‘lga kiritgan.

Xoakin Argentina milliy jamoasi bilan 2021 yildagi Amerika kubogida zafar quchgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Estudiantes Estudiantes
Bugungi yangiliklar