Live
10
O'zbek

Rasman: «Arsenal» Bruno Gimaraesni sotib olganini e’lon qildi

Futbol
8 avgust, 07:28
Braziliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi «Nyukasl»dan londonliklar safiga ko‘chib o‘tdi.
Rasman: «Arsenal» Bruno Gimaraesni sotib olganini e’lon qildi
Foto: Getty Images

Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bruno Gimarayes «Nyukasl»dan «Arsenal»ga o‘tdi. Bu haqda London klubi matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali rasman xabar berdi.

Avvalroq tomonlar 75 million funt sterling (87,75 million yevro) evaziga transfer bo‘yicha kelishib olgani xabar qilingandi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining o‘zi bilan 5 mavsumga - 2031-yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolanadi. Angliya chempionatining 2025/2026-yilgi mavsumida 28 yoshli Bruno Gimaraies 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, uning hisobida UYEFA Chempionlar Ligasida 7 ta o‘yin bor.

Avvalroq «Nyukasl»ni vinger Entoni Gordon va yarimhimoyachi Sandro Tonali tark etgandi. Angliyalik futbolchi «Barselona»ga 80 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan bo‘lsa, italiyalik esa «Tottenhem» futbolchisiga aylandi. Uning transferi 108 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar