«Nyukasl» afsonasi Alan Shirer yarim himoyachi Bruno Gimaraesning «Arsenal»ga o‘tishi haqida fikr bildirdi.
Transfer to‘liq kelishilgan, braziliyalikning o‘zi esa allaqachon tibbiy ko‘rikdan o‘tib, «to‘pchilar» bilan shartnoma imzolashga ulgurdi. Yaqin soatlar ichida bitim rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
«Shubhasiz, «Arsenal» top darajadagi futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqda. Gimaraes bosim ostida to‘p bilan o‘zini shunchalik ishonchli his qiladi va keskinlashtiruvchi uzatmalarni amalga oshirishga qodir. U ishga jiddiy qaraydi - buni «Nyukasl»da ko‘rdik. Umuman olganda, u «Arsenal»ni albatta kuchaytiradi. O‘ylaymanki, Edegor, Rays va Bruno bilan ular dunyodagi eng kuchli yarimhimoya chiziqlardan biriga aylanadilar», - deya Shererning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Arsenal News Channel.
Ma’lumot uchun, Gimaraesning transfer narxi 87 million yevrodan ortiq deb baholanmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi