Bugun
16
O'zbek

Chicharito: "Ronaldu hatto kechki ovqat paytida ham raqobatga o'ch edi"

Futbol
7 avgust, 02:55
Meksikalik futbolchi Krishtianu haqida iliq fikrlarni bildirdi.
Chicharito: "Ronaldu hatto kechki ovqat paytida ham raqobatga o'ch edi"
Фото: Getty Images

"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Xaver Ernandes (Chicharito) Rio Ferdinand bilan suhbatda Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

Ma'lumot uchun, meksikalik hujumchi 2014/15 yilgi mavsumda "Real" safida Ronaldu bilan birga to'p tepgan edi.

"Bu ajoyib edi. Bungacha men sen va jamoadagi boshqa yigitlar bilan Krishtianuning "Manchester Yunayted"dagi davri haqida juda ko'p gaplashgandim. Menga ko'plab hikoyalarni aytib berishgandi, keyin esa u bilan bir jamoada o'ynash sharafiga muyassar bo'ldim. Bilasanmi, sizlar aytib bergan o'sha hikoyalarning barchasi haqiqat bo'lib chiqdi.

Bilasanmi, u hatto kechki ovqat paytida ham musobaqalashardi. Lekin bu raqobatbardoshlikning kibir yoki manmanlikka hech qanday aloqasi yo'q. Gap u o'zining sendan ustunligini isbotlamoqchi bo'lishida emas. Eng yaxshilarning eng yaxshisi bo'lish uchun har kunning har bir soniyasida eng yaxshi bo'lishing kerak. Faqat shu yo'l bilangina eng zo'ri bo'lganingda paydo bo'ladigan bosimga dosh berish mumkin. Lekin, ochig'ini aytsam, menda u haqida aynan inson sifatida juda ko'p yaxshi xotiralar qolgan. Sen ham meni yaxshi bilasan. Krishtianu Ronaldudek tinimsiz mehnat qilganman demoqchi emasman. Gap bunda emas. Lekin men har doim muolajalardan o'tish yoki trenajyor zalida shug'ullanish uchun hammadan erta keladiganlardan edim.

Agar mashg'ulotdan so'ng sport zalida qo'shimcha ishlash yoki boshqa narsa qilish kerak bo'lsa, men buni hamisha qilardim. Sen buni o'z ko'zlaring bilan ko'rgansan. Shu sababli menda u bilan yakkama-yakka vaqt o'tkazish imkoniyati bo'lgan", — dedi Chicharito.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar