«Arsenal» hujumchisi Gabriel Jezuz faoliyatini Italiya A seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Globo nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, «Napoli» klubi braziliyalik 29 yoshli forvardni o'z safiga qo'shib olishni istamoqda. Hozircha tomonlar muzokaralarda jiddiy siljishga erishmagan bo'lsa-da, Neapol klubining qiziqishi juda yuqori ekani ta'kidlanmoqda.
Qayd etilishicha, Jezuzning o'zi ham «Napoli»ga o'tishni karerasi uchun juda yaxshi imkoniyat deb hisoblamoqda.
Shuningdek, «to'pchilar» rahbariyati futbolchi bo'yicha kamida 20 million yevrolik takliflarnigina ko'rib chiqishi ma'lum qilingan.
O'tgan mavsum Jezuz Angliya Premer-ligasida 14 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urgani.