"Bordo" klubi bosh murabbiy Rio Mavuba lavozimini tark etganini ma'lum qildi.
Fransiya milliy jamoasining 42 yoshli sobiq futbolchisi aprel oyida jamoa boshqaruvini o'z qo'liga olgan edi. Tomonlar iyul oyi boshida esa klub bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirgan edi. Bu uning murabbiylik faoliyatidagi ilk tajribasi bo'ldi.
"Bordo" Rioga klub rivojiga qo'shgan hissasi va fidoyiligi uchun — akademiyadagi mehnatida ham, asosiy jamoa rahbariyatidagi faoliyatida ham chin dildan minnatdorchilik bildiradi. Klub shuningdek, uning professionalligini va "Bordo"ga bo'lgan cheksiz sadoqatini alohida e'tirof etadi", — deyiladi rasmiy bayonotda.
Klub hozirda yangi bosh murabbiy qidiruvini davom ettirmoqda. Shu haftada "Bordo" Sparta Capital investitsiya fondi tomonidan sotib olingani e'lon qilingan edi.