PSV klubi serbiyalik yarimhimoyachi Filip Kostićni oʻz safiga qoʻshib olganini eʼlon qildi.
Qayd etilishicha, Niderlandiya klubi 33 yoshli xavbek bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekkani maʼlum qilingan.
Maʼlumot uchun, Kostić shartnoma muddati tugagach, «Yuventus»ni erkin agent sifatida tark etgan edi.
A Seriyaning oʻtgan mavsumida Kostić 18 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgani va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgani aytilgan.
Kostić faoliyati davomida «Shtutgart», «Hamburg», «Ayntraxt» va «Fenerbahçe» jamoalarida oʻynagan.