Bugun
16
O'zbek

Muhammadali Usmonov: "Surxonga qarshi bahsda ham muxlislarimiz bizga dalda hamda raqibimizga bosim berishadi"

Futbol
7 avgust, 02:05
21 yoshli futbolchi "Surxon"ga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Muhammadali Usmonov: "Surxonga qarshi bahsda ham muxlislarimiz bizga dalda hamda raqibimizga bosim berishadi"
Фото: Навбаҳор ПФК
07.08.2026, 10:00 O‘zbekiston Superligasi Surxon Surxon - : - Navbahor Namangan Navbahor Namangan

Superliga 16-turida "Navbahor" klubi "Surxon"ga qarshi bellashadi. Ushbu bahs oldidan "lochinlar" matbuot xizmati jamoa hujumchisi Muhammadali Usmonov bilan suhbatlashdi.

"Surxon" jamoasiga qarshi kechadigan o'yin shiddatli va tomoshabop bo'ladi, deb o'ylayman. Bunga asoslar yetarli. Eng katta omil esa bu o'z maydonimizda, muxlislarimiz qarshisida o'ynashimiz, deb o'ylayman. Avvalgi bahsda muxlislarimiz bizni tinmay qo'llab-quvvatlab, qo'shimcha kuch bag'ishlashdi. Buning natijasida chiroyli g'alabaga erishdik.

Umid qilamanki, bu safargi bellashuvda avvalgi o'yindagidan ko'ra, ko'proq muxlislar tashrif buyurib, bizga dalda hamda raqiblarimizga bosim berishadi. Bo'lajak uchrashuv borasida to'xtaladigan bo'lsak, ushbu o'yinga har tomonlama, munosib tayyorgarlik ko'rdik. Rahbariyat ham bizga yaxshi munosabatda bo'lishmoqda. Ayniqsa, viloyat rahbari futbolni seviShlari, namanganlik futbol muxlislarini xursand qilish uchun hamma narsaga tayyor ekanliklari bizni har bir bellashuvda munosib o'ynashga undaydi. Fursatdan foydalanib, jamoamizning barcha muxlislarini bo'lajak o'yinga taklif qilamiz hamda stadionga kelib, avvalgi bahsda bo'lgani kabi, biz – futbolchilarni munosib tarzda qo'llab-quvvatlashadi, deb umid qilaman", - deya Usmonovning so'zlaridan keltiradi "Navbahor" matbuot xizmati.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Surxon Surxon
  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar