Bugun
16
O'zbek

"Kristal Pelas" Uoker bilan muzokara o'tkazmoqda

Futbol
7 avgust, 01:27
Kayl o'tgan mavsumni "Byornli"da o'tkazgan.
"Kristal Pelas" Uoker bilan muzokara o'tkazmoqda
Фото: Getty Images

Angliya milliy jamoasining sobiq himoyachisi Kayl Uoker faoliyatini "Kristal Pelas"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "burgutlar" 36 yoshli futbolchi bilan dastlabki muzokaralarni o'tkazgan. Uning moliyaviy talablarini o'rganib chiqqan.

Uoker o'tgan mavsumni "Byornli"da o'tkazgan. Biroq jamoa bilan Chempionshipga ravona bo'lgandi. Hozirda u erkin agent maqomida o'ziga yangi jamoa izlamoqda.

Ma'lumot uchun, Kayl faoliyati davomida "Manchester Siti", "Tottenhem", "Milan" jamoalarida ham to'p tepgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kristal Pelas Kristal Pelas
Bugungi yangiliklar