Bugun
16
O'zbek

"Tottenhem" van de Ven bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishdi – Romano

Futbol
7 avgust, 02:18
Mikki 2023 yildan buyon "taqachilar" sharafini himoya qilib kelmoqda.
"Tottenhem" van de Ven bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishdi – Romano
Фото: Getty Images

"Tottenhem" himoyachisi Mikki van de Ven faoliyatini London klubida davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar uzoq muddatli yangi shartnoma bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. Yangi bitim futbolchining moliyaviy shartlari yaxshilanishini, jumladan, maoshi oshirilishini ham nazarda tutadi.

Qayd etilishicha, shartnomaning barcha asosiy jihatlari allaqachon kelishib olingan. "Tottenhem" rahbariyati esa niderlandiyalik 24 yoshli himoyachini transfer oynasida sotish variantini umuman ko‘rib chiqmagan, chunki u jamoaning asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi. Yangi shartnoma yaqin kunlarda rasmiy e'lon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mikki 2023 yildan buyon "taqachilar" sharafini himoya qilib kelmoqda. U London klubiga "Volfsburg" jamoasidan kelib qo‘shilgan edi.

O‘tgan mavsumda himoyachi barcha turnirlarda 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar