Bugun
16
O'zbek

Rujeri "Aston Villa" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi

Futbol
7 avgust, 03:50
Endilikda klublar muzokaralarni davom ettirmoqda.
Rujeri "Aston Villa" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi
Фото: Getty Images

"Atletiko" himoyachisi Matteo Rujeri faoliyatini "Aston Villa"da davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.

Manbaga ko'ra, italiyalik 24 yoshli futbolchi allaqachon birminghemliklar bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Endilikda klublar muzokaralarni davom ettirmoqda.

Qayd etilishicha, Rujeriga A Seriyasining bir nechta klublari ham qiziqish bildirgan, ammo "Aston Villa" barcha raqobatchilarini ortda qoldirishga muvaffaq bo'lgan.

Avvalroq tarqalgan xabarlarga ko'ra, ingliz klubi Matteo transferi uchun "matraschilar"ga 18 million yevro va turli bonuslar to'lashi xabar qilingandi.

O'tgan mavsum himoyachi barcha turnirlarda 47 ta o'yinda ishtirok etib, jamoadoshlariga 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
Bugungi yangiliklar