"Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines yozgi transferlar oynasida klubini tark etish niyatida emas. Bu haqda Sky Sports nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, argentinalik 33 yoshli posbonning agenti Gustavo darvozabonga "Manchester United", "Yuventus" va "Inter" klublari qiziqish bildirmoqda. Shunga qaramay, Martines hech qachon "Aston Villa" rahbariyatidan o'zini qo'yib yuborishni so'ramagan.
Martines faqat har ikki tomon ham bu transferdan manfaatdor bo'lgan taqdirdagina birmingemliklarni tark etadi.
Kiper 2020 yildan buyon "Aston Villa" safida to'p tepib keladi. Shu vaqt ichida u klub uchun 256 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo'ljallangan.