Live
4
O'zbek

Anvarjon Xojimirzayev — Superligada iyul oyining eng yaxshi futbolchisi

Futbol
5 avgust, 13:22
32 yoshli futbolchi o'tgan oyda samarqandliklar safida 3 bahsda 5 marta gol urishga erishdi.
Anvarjon Xojimirzayev — Superligada iyul oyining eng yaxshi futbolchisi
Фото: Динамо ПФК

Superliganing iyul oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Unga ko'ra, «Dinamo» hujumchisi Anvarjon Xojimirzayev eng yaxshi deb topildi.

32 yoshli futbolchi o'tgan oyda samarqandliklar safida Superligada 3 bahsda 5 marta raqiblari darvozasini ishg'ol qildi.

Sovrin uchun kurashda Xojimirzayev Bashar Resan («Paxtakor»), Bobur Abduxoliqov («Nasaf»), Asadbek Sobirjonov (OKMK) va Anvarjon G'ofurovni («Neftchi») ortda qoldirdi.

Avvalroq Mirjalol Qosimov Superligada iyul oyining eng yaxshi murabbiyi deb topilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar