Superliganing iyul oyidagi eng yaxshi murabbiyi aniqlandi. Unga ko'ra, OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov oy laurentiga aylandi.
Uning qo'l ostida «konchilar» iyul oyida o'tkazgan 3 uchrashuvning barchasida g'alaba qozonib, 9 ta gol urdi va 4 ta gol o'tkazib yubordi.
Qosimov sovrin uchun kurashda Islom Ismoilov («Neftchi»), Ro'ziqul Berdiev («Nasaf» hamda Vadim Abramovni («Dinamo») ortda qoldirdi.
Ma'lumot uchun, OKMK Superliga turnir jadvalida 25 ochko bilan 4-pog'onada bormoqda.

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi