Live
2
O'zbek

Bundan roppa-rosa besh yil avval "Barsa" Messi bilan xayrlashganini ma'lum qilgandi

Futbol
5 avgust, 08:15
Ko'p o'tmay Leo "PSJ" futbolchisiga aylangandi.
Bundan roppa-rosa besh yil avval "Barsa" Messi bilan xayrlashganini ma'lum qilgandi
Foto: Getty Images

Bundan roppa-rosa besh yil avval, 2021 yil 5 avgust kuni futbol olami "Barselona"ning muhim bayonotini muhokama qilgandi. Kataloniya klubi o'sha kuni o'z saytida Lionel Messi bilan xayrlashganini ma'lum qildi.

"Garchi kelishuvga erishilgan va yangi shartnoma imzolash niyati mavjud bo'lgan bo'lsa-da, iqtisodiy va boshqa ma'lum to'siqlar (La Liga qoidalari) tufayli uni rasmiylashtirishning imkoni bo'lmadi", — deyilgandi "ko'k-anorranglilar" bayonotida.

O'shanda "Barselona" futbolchi va klubning xohish-istaklarini amalga oshirishning iloji bo'lmaganidan afsusda ekanini bildirgan.

Ko'p o'tmay Lionel Messi "PSJ" futbolchisiga aylandi. Argentinlik futbolchi Fransiyada ikki mavsum o'tkazgach, MLSga yo'l oldi va "Inter Mayami" bilan shartnoma imzoladi.

Avvalroq Messi Mayami va Barselonadagi hayot tarzini taqqoslab o'tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

25+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar