«Men oilam bilan Mayamining nisbatan tinch qismida istiqomat qilamiz, bu yerda hayot chinakamiga amerikancha, odamlar o‘zlari istagancha yashashadi va futbolga ortiqcha e’tibor berishmaydi. Barselonada odamlar menga o‘rganib qolgandi. Sababi men deyarli Barselonada tug‘ildim, hayotimning asosiy qismini o‘sha yerda o‘tkazdim. Doim deyarli bir xil joylarga borardim, odamlar meni muntazam ravishda ko‘rar va bu odatiy holga aylangan edi.
Bu yerdagi hayotimiz esa ma’lum chegaralar asosida qurilgan. Biz bolalarga, ularning kun tartibiga moslashishga urinamiz, hayotining bir bo‘lagi bo‘lishga harakat qilamiz. Misol uchun maktabdagi darslardan keyin biz mashg‘ulotga boramiz», — deya Messi so‘zlaridan iqtibos keltirdi Ole.