«Manchester Siti» o‘rtoqlik o‘yini doirasida Janubiy Koreyaning «K Liga Yulduzlari» jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvda manchesterliklar 3:1 hisobida zafar quchdi. Mehmonlar safida gollarga Ait-Nuri, Reynders va Mubama mualliflik qilgan bo‘lsa, maydon egalarining yagona goli Kim Dae-Von nomiga qayd etildi.
«Shaharliklar» safida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov bahsni asosiy tarkibda boshladi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa u zaxiraga olindi.
O‘rtoqlik o‘yini.
5 avgust, Seul (Janubiy Koreya).
K Liga Yulduzlari — Manchester Siti 1:3
Gollar: Dae-Von 12 — Ait-Nuri 9, Reynders 20, Mubama 23.
Manchester Siti — Donnarumma (Bettinelli 46), Ait-Nuri (Monga 62), Gvardiol (Mfunni 46), Diash (Alleyn 46), Husanov (Reys 46), Kovachich (Gonsales 46), Luis (Nunes 61), Foden (Echeverri 62), Reynders (Heskey 62), Semeno (Savino 46), Mubama (Marmush 62).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi