Live
2
O'zbek

Tailandda 24 yoshli futbolchi chaqmoq urishi oqibatida halok bo'ldi

Futbol
5 avgust, 07:50
Chaqmoq urishi oqibatida yana bir necha kishi jarohatlangan.
Tailandda 24 yoshli futbolchi chaqmoq urishi oqibatida halok bo'ldi
Foto: FBI Subang

24 yoshli futbolchi Safvan Avae Tailanddagi Golok FA Cup 2026 havaskorlar turniri uchrashuvi vaqtida chaqmoq urishi oqibatida halok bo'ldi.

Fojia 4 avgust kuni Naratxivat viloyatining Sungaykolok shahrida yuz berdi. Uchrashuv vaqtida kuchli yomg'ir va shamol bilan birga momaqaldiroq boshlandi. Shundan so'ng chaqmoq futbol maydoni hududiga urilgan.

Turnirda «Abu x Nong Sirin» jamoasi safida ishtirok etgan Avae og'ir jarohatlar oldi. Shifokorlar futbolchining hayotini saqlab qolishga harakat qilishdi, ammo u keyinroq vafot etdi.

Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko'ra, chaqmoq urishi oqibatida yana bir necha kishi jarohatlangan. Turli manbalar 8–10 nafar shaxs jabrlangani haqida xabar bermoqda.

8 nafar futbolchi shifoxonaga yotqizilgan, Malayziyadan kelgan bir futbolchi davolanishni o'z yurtida davom ettirishga qaror qilgan, yana ikki kishi tibbiy ko'rikdan o'tmoqda.

Avae avval «Pattani»da o'ynagan, fojia oldidan esa «Yala» klubi bilan shartnoma imzolagandi. Jamoa futbolchining oilasiga hamdardlik bildirdi, muxlislar va Tailand futboli vakillari ijtimoiy tarmoqlarda uning xotirasini yodga oldi.

Bugungi yangiliklar