"Real" futbolchisi Franko Mastantuono faoliyatini "Fiorentina"da ijarada davom ettiradi. Bu haqida jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
Bugun, 5 avgust kuni ertalab florensiyaliklar Madrid klubi bilan kelishuvga erishdi. Qayd etilishicha, argentinalik vinger Italiya jamoasiga mavsum oxiriga qadar ijaraga beriladi.
Shundan so'ng Mastantuono 2027 yil iyun oyida madridliklar safiga qaytib keladi. Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsum Franko La Ligada 23 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 marta gol urishga erishgan.
Avvalroq "Real"da Mastantuono uchun joy topilmayotgani ma'lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi