Muhammad Saloh faoliyatini rasman Turkiya Superligasida davom ettiradi. Misrlik hujumchi «Trabzonspor» bilan shartnoma imzolash uchun Turkiyaga yetib keldi.
Klub matbuot xizmati futbolchining Trabzonga kelganini tasdiqlab, uning suratlarini e'lon qildi.
Avvalroq Fabritsio Romano Salohning «Trabzonspor»ga transferi bo‘yicha ma'lumot bergan edi. Tomonlar 2 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 34 yoshli hujumchi ushbu ikki mavsum davomida 34 million yevro maosh oladi.
Ma’lumot uchun, Muhammad Saloh bu yozda «Liverpul»ni erkin agent sifatida tark etdi. Misrlik afsona mersisaydliklar safida Premyer liga, UEFA Chempionlar ligasi, Angliya kubogi va boshqa qator nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Endi u faoliyatini «Trabzonspor» safida davom ettiradi.

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi