Bugun
11
O'zbek

«Bavariya» yangi mavsumda darvozabonlarni rotatsiya qiladi

Futbol
5 avgust, 04:20
Noyer asosiy darvozabon bo‘lib qoladi, biroq Urbig ham muhim uchrashuvlarda maydonga tushadi.
«Bavariya» yangi mavsumda darvozabonlarni rotatsiya qiladi
Foto: Getty Images

«Bavariya» yangi mavsumda darvozabonlar pozitsiyasida rotatsiya usulidan foydalanishni rejalashtirmoqda.

Bayern & Germany nashri xabariga ko‘ra, Myunxen klubi Manuel Noyerning faoliyatini yakunlashiga oldindan tayyorgarlik ko‘rishni boshlagan.

Manbaga ko‘ra, 22 yoshli Yonas Urbig kelasi mavsumda nafaqat zaxira darvozaboni bo‘ladi, balki muhim uchrashuvlarda ham maydonga tushiriladi. Klub shu orqali yosh posbonni katta bosim va yuqori darajadagi mas’uliyatga moslashtirishni maqsad qilgan.

Qayd etilishicha, 40 yoshli Manuel Noyer bu qarorga qarshi emas va yosh jamoadoshini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Ma’lumot uchun, Yonas Urbig 2025 yil boshida «Kyoln»dan «Bavariya» safiga qo‘shilgan. Manuel Noyer esa Myunxen klubida 2011 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda va faoliyatini 2027 yil yozida yakunlashi kutilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar