Mashhur insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, Bruno Gimaraeshning «Arsenal»ga transferi to‘liq yakunlandi.
Tomonlar «Nyukasl» bilan uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng kelishuvga erishdi. Futbolchining shaxsiy shartlari esa iyul oyidayoq kelishib olingan edi.
Transfer summasi 75 million funt sterling (taxminan 87 million yevro)ni tashkil etadi.
Braziliyalik yarimhimoyachi bugunning o‘zida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va «Arsenal» bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Shuningdek, bitimga ko‘ra, Bruno Gimaraeshning sobiq klubi «Lion» transfer summasining 20 foizini qo‘lga kiritadi.
Ma’lumot uchun, ushbu transferdan so‘ng «Arsenal» yarimhimoyasida Deklan Rays, Martin Edegor, Bruno Gimaraehs, Martin Subimendi, Eberechi Eze, Mikel Merino va Mayls Lyuis-Skelli kabi kuchli ijrochilar jam bo‘ldi. Bu esa Mikel Arteta qo‘l ostidagi raqobatni yanada kuchaytiradi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi