Bugun
11
O'zbek

Kannavaro: «Maoshim 4 million yevro emas»

Futbol
5 avgust, 04:11
O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi o‘z maoshi va murabbiylar shtabi haqida ochiq gapirdi.
Kannavaro: «Maoshim 4 million yevro emas»
Foto: O'FA

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro matbuot anjumanida o‘zining maoshi haqidagi tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Italiyalik mutaxassisning aytishicha, ommaviy axborot vositalarida tilga olinayotgan raqamlar haqiqatga mos emas.

«Mening maoshim 4 million yevro emas. Hatto murabbiylar shtabidagi ayrim mutaxassislarning maoshini o‘z cho‘ntagimdan to‘layman. Yordamchi murabbiyim Rolando Byanki esa umuman tekinga ishlash uchun kelgan», — dedi Kannavaro.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida K guruhidan joy olgan edi. Milliy jamoa Portugaliya, Kongo DR va Kolumbiyaga qarshi bahslarda mag‘lubiyatga uchrab, guruh bosqichidayoq musobaqani tark etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

40+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar