Bugun
11
O'zbek

Kannavaro: «JCHdan keyin ta’tilga ketganim haqiqatdan ancha yiroq»

Futbol
5 avgust, 03:23
O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi mundialdan keyingi faoliyati va jamoaning asosiy muammolari haqida gapirdi.
Kannavaro: «JCHdan keyin ta’tilga ketganim haqiqatdan ancha yiroq»
Foto: O'FA

Ayni paytda O‘FA majlislar zalida O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Italiyalik mutaxassis Jahon chempionatidan keyin milliy jamoani tark etib, dam olish uchun Italiyaga ketgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

«Jahon chempionatidan keyin darhol Italiyaga dam olish uchun ketdi, degan gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Men mundial yakuniga qadar Nyu-Yorkdagi mehmonxonada milliy jamoa bilan birga bo‘ldim.

Superligada tanaffus bo‘lgani uchun uyimga borib keldim. Chempionat qayta boshlanganidan keyin esa O‘zbekistonga qaytdim va o‘yinlarni muntazam kuzatib boryapman», — dedi Kannavaro.

Shuningdek, murabbiy milliy jamoaning asosiy kamchiligi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

«8–9 oy oldin ham mavjud muammolar va futbolchilarimiz darajasi haqida gapirgandim. Biz doimo intensivlik masalasiga e’tibor qaratdik. Futbolchilar yuqori tempda o‘ynashi kerakligini ta’kidlab kelganman.

Jahon chempionatida o‘yin sur’ati juda yuqori bo‘lishini oldindan bilardim. Balki ko‘pchilik mundialda qiynalmaymiz deb o‘ylagandir, ammo men bu haqda avvaldan ogohlantirgandim», — deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

50+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar