Bugun
11
O'zbek

Kannavaro: "Hech qayerga qochib ketganim yo'q, jurnalistlar orasida juda ko'p noto'g'ri ma'lumotlar tarqalayapti"

Futbol
5 avgust, 05:55
O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi jurnalistlarga murojaat qildi.
Kannavaro: "Hech qayerga qochib ketganim yo'q, jurnalistlar orasida juda ko'p noto'g'ri ma'lumotlar tarqalayapti"
Foto: UFA

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro jurnalistlarga murojaat qildi.

«Menimcha, hurmat — eng asosiy narsa. Men sizlarni jurnalist sifatida hurmat qilaman va sizlardan ham huddi shunday hurmatni kutib qolaman.

Chunki men bu yerda tinim bilmasdan ishlayapman, futbolchilarga yordam berishni istayapman. Shunga qaramasdan, jurnalistlar orasida juda ko'p noto'g'ri ma'lumotlar tarqalayapti.

Eng ko'p gapirayotgan jurnalistlar matbuot anjumaniga kelishga o'zida kuch topa olmagan. Sababi, kamera oldida o'tirib olib, gapirish juda ham oson. Lekin bu yerda o'sha savollarni o'zimga berish — hammaga ham emas.

Men hech qayerga qochib ketganim yo'q. Jahon chempionatida oxirigacha milliy jamoa bilan bo'ldim. 4 oy davomida jamoa bilan birga ishladik, yig'inlar o'tkazdik.

Shu sabab, hazil tariqasida aytadigan bo'lsam, turmush o'rtog'im ham bundan shikoyat qildi (kuladi). Shuning uchun ham hech bo'lmaganda 1 oy uyda bo'lishim ham kerak edi.

Matbuot anjumani cho'zilib ketgani uchun uzr so'rayman. O'ylaymanki, hamma savollarga javob berdim. Yana savol yoki takliflaringiz bo'lsa, O'FAga murojaat qilishingiz mumkin.

So'zim so'ngida o'zaro hurmatda bo'lishni yana bir bor so'rab qolgan bo'lardim. Hammaga rahmat!», — dedi O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi.

Avvalroq Kannavaro milliy jamoani yoshartirishni boshlashi haqida gapirib o'tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar