«Bayer» «Napoli» himoyachisi Migel Gutierres transferini e'lon qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
25 yoshli ispaniyalik futbolchi Leverkuzen klubi bilan 2031 yil 30 iyunga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi.
«So‘nggi yillarda bu klub menda katta taassurot qoldirdi. «Bayer» Italiyada ham, tug‘ilib o‘sgan Ispaniyamda ham katta obro‘ga ega.
Bundesliga haqida ko‘p eshitganman, o‘yinlarni tomosha qilganman va Germaniya stadionlaridagi muhitni his qilishni intiqlik bilan kutyapman», — dedi Gutierres.
Ma'lumot o‘rnida, «Real» tarbiyalanuvchisi bo‘lgan futbolchi 2025 yil yozda «Jirona»dan «Napoli»ga ko‘chib o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda u neapolliklar safida barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 gol urdi va 1 assist amalga oshirdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi