"Napoli" hujumchisi Romelu Lukaku shu yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Ayni paytda klub va futbolchi barcha tomonlarga mos keladigan eng ma'qul yechimni izlamoqda. 33 yoshli futbolchining o'zi ham "Napoli"ni tark etishga tayyor.
Lukakuga hozirda MLSning ikki vakili "Atlanta Yunayted" va "Nyu-York Siti" qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, hujumchi atrofidagi vaziyatni "Ayaks" va "Monako" ham kuzatib bormoqda.
Ma'lumot o'rnida, jiddiy jarohatlar tufayli belgiyalik futbolchi o'tgan mavsum neapolliklar safida atigi 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol urishga erishdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi