Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi yarimhimoyachisi Mussa Diabi faoliyatini yana Germaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, "Bayer" sport direktori Simon Rolfes Diabi klubni tark etganidan keyin ham u bilan aloqani uzmagan.
Hozirda tomonlar futbolchining Leverkuzenga ehtimoliy qaytishi yuzasidan muzokaralar olib bormoqda.
Mussa "PSJ" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Fransiyalik futbolchi 2019–2023 yillar oralig'ida "dorishunoslar" sharafini himoya qilib, 172 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Ushbu o'yinlarda Diabi 49 ta gol urgan va 47 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Transfermarkt portaliga ko'ra, Diabining bozor qiymati 25 million yevroga baholanmoqda.