«Chelsi» «Portu» darvozaboni Diogo Koshta bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
«Ko‘klar» portugaliyalikning 60 million yevrolik tovon puli haqidagi bandni faollashtirishga tayyor, deb xabar bermoqda Ispaniyaning ««Mundo Deportivo» nashri. «Ajdarlar» yulduzining transferi bu yozda London grand klubi uchun so‘nggi yirik kirish bitimi bo‘lishi mumkin.
Transfermarkt portali darvozabonning aktual transfer narxini 40 million yevroga baholanmoqda - u dunyodagi eng qimmat darvozabonlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinda turadi. Sentyabr oyida futbolchi 27 yoshni qarshi oladi.
Ma’lumot uchun, Koshta «Portu» safida jami 247 ta o‘yin o‘tkazgan va Portugaliya milliy jamoasi safida 48 marta maydonga tushgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi