"Tottenhem" klubi "Chelsi" hujumchisi Nikolas Jeksonni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, "ko'klar" senegallik 25 yoshli forvardni taxminan 76 million yevroga baholamoqda.
Qayd etilishicha, Jeksonga "Tottenhem"dan tashqari "Aston Villa" ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o'zi ham doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida "Chelsi"ni tark etishga tayyor.
O'tgan mavsumda Nikolas ijara asosida "Bavariya" klubida to'p tepgan edi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 40 million yevro deb baholagan.