«Tottenhem» hamshahari «Chelsi» klubining senegallik hujumchisi Nikolas Jeksonga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Manbaning yozishicha, «aristokratlar» 25 yoshli futbolchisini 65 million funtga baholamoqda. Forvard atrofidagi vaziyatni «Aston Villa» jamoasi ham kuzatib bormoqda. Futbolchining o‘zi muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun klubini alishtirishga qarshi emas.
Ma’lumot uchun, Jekson o‘tgan mavsumni «Bavariya» safida ijarada o‘tkazdi. Bundesliganing 23 o‘yinida hujumchi 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.