Live
4
O'zbek

"Aston Villa" Bernal transferi uchun 35 mln yevro sarflashga tayyor

Futbol
4 avgust, 10:38
Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.
"Aston Villa" Bernal transferi uchun 35 mln yevro sarflashga tayyor
Фото: Getty Images

"Aston Villa" klubi "Barselona" yarimhimoyachisi Mark Bernalning transferiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, birminghemiklar ispaniyalik 19 yoshli futbolchi uchun 35 mln yevro to'lashga tayyor.

"Barselona" bosh murabbiyi Hansi Flik Bernalni iqtidorga ishonadi va uning kelajak uchun asqotadi deb hisoblaydi.

O'z navbatida "Aston Villa" Yuri Tilemansning "Manchester United"ga o'tib ketgani va Amadu Onananing jarohatidan so'ng yarimhimoya chizig'ini kuchaytirishga ehtiyoj sezmoqda.

Ma'lumot uchun, Bernal "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O'tgan mavsumda u barcha turnirlarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Aston Villa Aston Villa
Bugungi yangiliklar