Live
1
O'zbek

Rodri «Barselona»ga emas, faqat «Real»ga o'tishni istaydi

Futbol
4 avgust, 07:07
«Manchester Siti» yarimhimoyachisi kelajagi borasidagi pozitsiyasini aniq bildirib o‘tdi.
Rodri «Barselona»ga emas, faqat «Real»ga o'tishni istaydi
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodri «Barselona» rahbariyatiga Ispaniyaga qaytadigan bo‘lsa, faoliyatini faqat Madridning «Real» klubida davom ettirishni istashini ma’lum qilgan. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Avvalroq Frenki de Yongning jiddiy jarohatidan so‘ng «Barselona» Rodrini transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchi rozilik bildirsa, 50 million yevrolik rasmiy taklif yuborishga tayyor edi.

Biroq «Oltin to‘p» sohibi bu variantni rad etib, agar Angliyani tark etsa, faqat «Real»ga o‘tishni istashini bildirgan.

Ma’lumot uchun, Rodri 2019 yildan buyon «Manchester Siti» safida to‘p tepmoqda. U «Atletiko»dan 70 million yevro evaziga transfer qilingan. Yarimhimoyachining amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. 2026 yilgi Jahon chempionatida u Ispaniya terma jamoasi bilan chempionlikni qo‘lga kiritib, musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya Ispaniya
Bugungi yangiliklar