«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi Ispaniyaning Madrid viloyatidagi Syerra-Oeste hududida yuz bergan o‘rmon yong‘inlaridan jabrlanganlarga yordam sifatida 80 ming yevro xayriya qildi.
Bu haqda Madrid hamjamiyati prezidenti Izabel Dias Ayuso ma’lum qildi.
«Lionel Messi Syerra-Oeste hududini tiklash ishlari uchun 80 ming yevro xayriya qildi.
Unga samimiy minnatdorchilik bildiraman. Madridliklar uni bu yerda munosib kutib olib, olqishlashni intiqlik bilan kutmoqda», — deb yozdi Ayuso.
Ma’lumot uchun, Syerra-Oeste Madrid viloyatining o‘rmon yong‘inlaridan jiddiy zarar ko‘rgan hududlaridan biri hisoblanadi. Messining xayriyasi tiklash ishlari va jabrlangan aholini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.