Bugun
14
O'zbek

Silva: «Zidan kumirlarimdan biri»

Futbol
4 avgust, 06:43
Madridning «Real» klubi yangi a’zosi o‘zi yoqtirgan futbolchilar haqida gapirdi.
Silva: «Zidan kumirlarimdan biri»
Foto: Gettyimages

Madrid «Real» klubining yangi a’zosi Bernardu Silva futboldagi kumirlari kimlar ekanligi haqida gapirdi.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli portugaliyalik ispan klubi safiga «Manchester Siti» bilan shartnomasi yakunlangach, erkin agent sifatida kelib qo‘shildi.

«Mening ko‘plab kumirlarim bor va Zidan, shubhasiz, ulardan biridir. Shuningdek, Rui Koshta ham, chunki u «Benfika» va Portugaliya milliy jamoasida o‘ynagan. Modrich men uchun maydonda ham, maydondan tashqarida ham namuna edi. Zidan, ehtimol, futbol tarixidagi eng yaxshi 5 nafar futbolchi qatoriga kiradi. U taxminan mening-pozitsiyamda o‘ynagan va bolaligimda men uning qanday harakat qilganini va to‘pni nazorat qilganini ko‘rganman», - deya Silva so‘zlaridan iqtibos keltiradi Marca.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar