Live
1
O'zbek

Rasman: Jovanni Reyna «Strasburg» futbolchisiga aylandi

Futbol
4 avgust, 07:12
Amerikalik yarimhimoyachi Fransiya klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
Rasman: Jovanni Reyna «Strasburg» futbolchisiga aylandi
Foto: Getty Images

«Strasburg» AQSH jamoasi hujumkor yarimhimoyachisi Jovanni Reynani o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi.

Klubning rasmiy xabariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi bilan 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolangan.

Reyna faoliyati davomida Dortmundning «Borussiya»si, Myonxengladbaxning «Borussiya»si hamda Angliyaning «Nottingem Forest» klublarida to‘p tepgan.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, «Strasburg» futbolchi transferi uchun Myonxengladbaxning «Borussiya» klubiga 3 million yevro to‘lagan. O‘tgan mavsum «Strasburg» Fransiya chempionatini 8-o‘rinda yakunlab, yevrokuboklar yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagan.

Bugungi yangiliklar