Insayder Fabritsio Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida «Liverpul» va «Pari Sen-Jermen» hujumchi Bredli Barkola transferi bo‘yicha rasmiy muzokaralarni boshlaganini ma’lum qildi.
Jurnalistning yozishiga ko‘ra, ingliz klubi dastlabki taklif miqdorini 100 million yevrodan ko‘proq qilib belgilagan, biroq bu miqdor parijliklar talabidan ancha past.
Qayd etilishicha, Barkolaning o‘zi «Liverpul»ga o‘tishga qiziqish bildirmoqda. Avvalroq Romano futbolchining bu istagi haqida may oyida xabar bergan edi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda «PSJ» vingeri barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Transfermarkt portali Bredlining aktual transfer narxini 90 million yevroga baholamoqda.