«Liverpul» va «PSJ» jamoalari vinger Bredli Barkolya transferi bo'yicha rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, mersisaydliklar fransiyalik 23 yoshli futbolchi uchun 100 million yevrodan ortiq taklif yo'llagan. Biroq bu qiymat hozircha «PSJ» talab qilayotgan mablag'dan ancha past. Muzokaralar davom ettiriladi.
O'z navbatida Barkolyaning o'zi ham faoliyatini «Liverpul»da davom ettirishni istamoqda.
Avvalroq futbolchi Parijdagi o'yin vaqti hamda jamoadagi roliga qoniqmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma'lumot uchun, Bredli Fransiya klubi safida 152 ta uchrashuvda 39 ta gol urib, 37 ta golli uzatmani amalga oshirgan.