"Liverpul" bosh murabbiyi Andoni Iraola "Lids"ga qarshi bahs (2:4)dan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz ko'p narsani o'rgandik. Albatta, boshqacha natija kutgandik, ammo menimcha, bu biz uchun eng foydali o'rtoqlik uchrashuvi bo'ldi.
To'g'ri xulosalar chiqarib, ayrim muammolarni hal qila olamiz deb hisoblayman", — dedi Iraola.
Qayd etish lozim, uchrashuvning birinchi bo'limidan so'ng "qizillar" 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi. Biroq tanaffusdan so'ng ikkinchi taymda jamoa o'z darvozasidan 4 ta to'p olib chiqdi va alamli tarzda mag'lub bo'ldi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi