«Liverpul» himoyachisi Jovanni Leoni jamoada qoladi. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Avvalroq «Yuventus» italiyalik 19 yoshli markaziy himoyachiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Biroq mersisaydliklar Leonini jamoada saqlab qolishga qaror qilgan.
Qayd etilishicha, ingliz klubi Leonini sotish niyatida emas va uni kelajakka mo‘ljallangan loyiha sifatida ko‘rmoqda. Shu sabab Jovanni bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmasligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Jovanni Leoni 2025 yilda «Parma» klubidan «Liverpul»ga ko‘chib o‘tgan edi. Ammo jiddiy jarohati sabab hanuz ingliz klubi safida o‘ynamayapti. Hozirda jarohatini tiklamoqda.
Futbolchining «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, italiyalik himoyachining bozor qiymati 25 mln yevroga baholanmoqda.