Bugun
14
O'zbek

Rasman: Nodirxon Ne'matxonov «Qizilqum» futbolchisiga aylandi

Futbol
4 avgust, 06:34
Navoiy klubi himoya chizig‘ini tajribali futbolchi bilan kuchaytirdi.
Rasman: Nodirxon Ne'matxonov «Qizilqum» futbolchisiga aylandi
Foto: Qizilqum FK

«Qizilqum» yangi transferini rasman e’lon qildi. Klub safiga 25 yoshli himoyachi Nodirxon Ne'matxonov kelib qo‘shildi.

Futbolchi Termizning «Surxon» klubidan mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma asosida transfer qilindi. U yangi jamoasida 40-raqam ostida harakat qiladi.

Ma’lumot uchun, Nodirxon Ne'matxonov faoliyati davomida «Surxon», «Neftchi», «Sho‘rtan» va OKMK klublari safida to‘p tepgan. Endi u mavsumning qolgan qismini «Qizilqum» safida o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Qizilqum Qizilqum
  • Surxon Surxon
Bugungi yangiliklar