Live
6
O'zbek

«Trabzonspor» Salohga 17 million yevrolik taklif bilan chiqdi

Futbol
1 avgust, 07:09
Turk klubi misrlik hujumchiga ikki yillik shartnoma taklif qilmoqda.
«Trabzonspor» Salohga 17 million yevrolik taklif bilan chiqdi
Foto: Getty Images

«Trabzonspor» sobiq «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohni o‘z safiga qo‘shib olish uchun rasmiy harakatni boshladi.

Jurnalist Yag‘iz Sabunjuo‘g‘lining xabariga ko‘ra, Turkiya klubi futbolchining vakili bilan uchrashuv o‘tkazib, 34 yoshli misrlikka rasmiy taklif yuborgan.

Taklifga ko‘ra, Salohga ikki yillik shartnoma va yiliga 17 million yevro maosh taklif etilgan.

Avvalroq OAVda misrlik hujumchiga «Beshiktosh» hamda Saudiya Arabistonining «Al Diriya» klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Muhammad Saloh joriy yozda «Liverpul»ni tark etdi. U o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt futbolchini 22 million yevroga baholaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Trabzonspor Trabzonspor
  • Besiktas Besiktas
Bugungi yangiliklar