«Liverpul»ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodrining ehtimoliy transferi haqida o‘z fikrini bildirdi.
Avvalroq OAV «Real» Rodriga qiziqayotgani, «Manchester Siti» esa futbolchi uchun 75 million yevro talab qilayotgani haqida xabar bergan edi.
Karragerning fikricha, «shaharliklar» uchun bunday transferning hech qanday mantiqi yo‘q.
«Agar siz «shaharliklar»dan bo‘lsangiz, Rodrini sotishning nima keragi bor? Nima uchun? Yana bir yil o‘ynasin, kerak bo‘lsa keyin tekinga ketsin. U o‘z pozitsiyasidagi dunyoning eng yaxshi futbolchisi. «Manchester Siti» uchun 40 million funt nima degani?» — dedi Karrager.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli Rodri 2026 yilgi Jahon chempionatida Ispaniya milliy jamoasi bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi