Live
3
O'zbek

"Selta" Bayindirni "MYU"dan mavsum yakuniga qadar ijaraga olmoqda

Futbol
5 avgust, 14:00
Tomonlar mavsum oxirigacha ijara bo‘yicha kelishuvga erishgan.
"Selta" Bayindirni "MYU"dan mavsum yakuniga qadar ijaraga olmoqda
Фото: Getty Images

"Manchester Yunayted" darvozaboni Altay Bayindir faoliyatini "Selta" klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, turkiyalik 28 yoshli darvozabonga Ispaniyaga borib, tibbiy ko‘rikdan o‘tish va shartnoma imzolash uchun ruxsat berilgan. Tomonlar mavsum oxirigacha ijara bo‘yicha kelishuvga erishgan.

"Selta" futbolchining maoshini to‘liq to‘lab beradi. Shartnomaga Bayindirni 4 million yevroga sotib olish huquqi ham kiritiladi. Ushbu summa darvozabon o‘tkazadigan uchrashuvlar soniga qarab o‘zgarishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Bayindir 2023 yilda "Fenerbahche"dan "qizil iblislar"ga o‘tib, klub tarixi bo‘yicha ilk turk futbolchisiga aylangandi. U ingliz jamoasi safida jami 17 ta uchrashuv o‘tkazgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Selta Vigo Selta Vigo
Bugungi yangiliklar