«Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimhen yozgi transfer oynasida «Atletiko» klubiga taklif qilingan.
Marca nashri xabar berishicha, nigeriyalik 27 yoshli futbolchining vakillari «matraschilar»ga taxminan 75 million yevroga sotib olish mumkinligini ma'lum qilishgan. Osimhenning o'zi esa Diego Simeone jamoasiga qo'shilish uchun maoshini kamaytirishga ham tayyor bo'lgan.
Biroq «Atletiko» muzokaralarni davom ettirmaslikka qaror qilgan. Madrid klubi bunday transfer uchun yetarli moliyaviy imkoniyatga ega emasligini, shuningdek, markaziy hujumchi pozitsiyasida Xulian Alvaresga to'liq ishonishini bildirgan.
Avvalroq Osimhenning xizmatlari «Barselona», «Tottenhem» va «Arsenal»ga ham taklif qilingan.
Viktor o'tgan mavsumda Turkiya klubi safida barcha turnirlarda 33 ta o'yinda 22 ta gol urib, 8 assistni qayd etgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi