Bugun
11
O'zbek

«Roma» Molina transferi bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirdi

Futbol
4 avgust, 22:15
Rim klubi «Atletiko» himoyachisini qo‘lga kiritishga yaqinlashmoqda.
«Roma» Molina transferi bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirdi
Foto: Getty Images

Mashhur insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, «Roma» Madridning «Atletiko» klubi himoyachisi Nauel Molina transferi bo‘yicha muzokaralarni faol davom ettirmoqda.

Rimliklar seshanba kuni 17 million yevrolik ilk taklifni yuborgan va tomonlar o‘rtasidagi muzokaralarda ijobiy siljish kuzatilmoqda.

Shu bilan birga, «Roma»ning yana bir transfer maqsadi — «Feyenoord» himoyachisi Givayro Rid bo‘yicha hali kelishuvga erishilmagan. Niderlandiya klubi futbolchini qo‘yib yuborishga rozilik bermagan.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Nauel Molina 2022 yildan buyon «Atletiko» safida to‘p tepmoqda. Argentina terma jamoasi bilan 2022 yilgi Jahon chempionati g‘olibi hisoblangan himoyachi asosan o‘ng qanotda harakat qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Roma Roma
Bugungi yangiliklar