Live
1
O'zbek

«Atletiko» Grilishni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatlari ko'rib chiqmoqda

Futbol
2 avgust, 14:56
Jek o'tgan mavsumda «Everton» safida ijara asosida to'p tepgan edi.
«Atletiko» Grilishni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatlari ko'rib chiqmoqda
Фото: Getty Images

«Manchester Siti» hujumkor yarim himoyachisi Jek Grilish faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, «Atletiko» klubi angliyalik 30 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqib qolgan. Hozirda «matraschilar» Grilishni sotib olish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.

Eslatib o'tamiz, Jek o'tgan mavsumda «Everton» safida ijara asosida to'p tepgan edi. Klub libosida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta assistni qayd etdi.

Shuningdek, unga Saudiya Arabistonidan ham takliflar bo'lmoqda. Biroq u Yevropada qolishni istamoqda.

Ma'lumot uchun, Grilishning Transfermarktdagi narxi 20 million yevroni tashkil qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Bugungi yangiliklar