"Atletiko" himoyachisi Nauel Molina faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, tomonlar ispaniyalik 28 yoshli futbolchi bo'yicha kelishuvga erishgan.
Qayd etilishicha, transfer qiymati 18 million yevroga teng. Shuningdek, Rim klubi Molina bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha ham to'liq kelishib olgan. Endi faqat rasmiy e'lon qolgan.
Ma'lumot uchun, Molina 2020–2022 yillar davomida "Udinese" safida to'p tepgan. So'ngra u "matraschilar"ga o'tgan.
Ma'lumot uchun, "bo'rilar" o'tgan mavsumda A Seriyada 3-o'rinni egallagan edi.